Mazkur to'plam O'zbekistonning turli ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yosh olim va ijodkorlarning ilmiy maqolalari, tadqiqotlari hamda ijodiy ishlari asosida tayyorlandi.Nashrda taqdim etilgan ishlar zamonaviy fan, madaniyat va ijod yo'nalishidagi dolzarb masalalarni yoritadi, yosh avlodning ilmiy salohiyati va tafakkur ko'lamini namoyish etadi.Ushbu to'plam o'zbek yoshlarining ilmiy va badiiy tafakkurini qo'llab-quvvatlash, ularning g'oyalari va izlanishlarini keng jamoatchilikka taqdim etish maqsadida nashr etildi.